Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Lotereya tashkil etish bo`yicha litsenziya berish uchun arizalarni qabul qilish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Lotereyalar tashkil etish faoliyati bo`yicha litsenziya olish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Bog`lanish

O`zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi


Manzil: O`zbekiston Respublikasi, 100008, Tоshkеnt shahar, Mustаqillik maydoni, 5


Telefon: +998 (71) 233-7073

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo`ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (lotereyalar o`tkazish shakli ko`rsatilgan holda) ko`rsatilgan holdagi litsenziya berish to`g`risidagi ariza;

  • yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko`rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig`im to`laganligini tasdiqlovchi hujjat;

  • ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • litsenziya talabgori rahbari va bosh buxgalterining mehnat daftarchalari nusxalari; litsenziya talabgorining moliyaviy ko`rsatkichlari uchun belgilangan normativlar hisob-kitobi;

  • litsenziya talabgori tashkil etishni mo`ljallayotgan lotereya o`tkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbari tomonidan va muhr bilan tasdiqlangan loyihasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


“Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2003 yil 16 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 314-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining litsenziya berish to`g`risidagi arizasining ko`rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig`im undiriladi.



Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o`ttiz besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to`g`risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qiladi.



Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to`langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Natijani olish usullari


Pochta va shaxsiy tashrif.

Xizmat natijasi


Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida to`rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to`g`risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko`rsatib o`tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko`rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo`lgan muddat ko`rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko`rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo`lgan vaqtga mutanosib bo`lishi kerak.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya beruvchi organ rahbariga murojaat.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa