Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Bog`lanish

Manzil: Shayxontoxur tumani, Abay ko’chasi, 2 uy


Telefon: +998 (71) 244-05-05, +998 (71) 244-15-95


Faks: +998 (71) 244-05-76


E-mail: info@davarx.uz


Veb sayt: www.davarx.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Vakolatli organ tomonidan bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga binoan yig'im undirilmaydi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Vakolatli organ arizalarni ko'rib chiqadi, bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) 6 kundan ortiq bo'lmagan muddatda kelishadi.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Arizachiga kelishilgan bino va inshootning fasadini eskiz proektini olish to'g'risida xabardor qilish.

Rad etish sabablari


  • Arizachi tomonidan taqdim etilgan bino va inshootning fasadini eskiz proektini talablariga nomuvofiqligi;

  • Taqdim etilgan arizada ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

  • Bino va ishoatlarni o'rganish natijasidan kelib chiqib asoslangan salbiy xulosa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa