Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Bog`lanish

Manzil: Shayxontoxur tumani, Abay ko’chasi, 2 uy


Telefon: +998 (71) 244-05-05, +998 (71) 244-15-95


Faks: +998 (71) 244-05-76


E-mail: info@davarx.uz


Veb sayt: www.davarx.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish yuzasidan shartnomasi, namunaviy shaklda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan (imzolangan) shartnoma*



*Izoh: Namunaviy shartnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasini rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalari amalga oshirilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2015 yil 7 oktabrdagi 285-son qaroriga binoan belgilangan tartibda to‘lov undiriladi.





Xizmatni ko`rsatish muddati


Inpeksiya bir ish kuni mobaynida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.



Xizmat natijasi


Arizachiga inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilgan (imzolangan) nazorat funksiyalarini amalga oshirish yuzasidan shartnomaning bir nusxasini ilova qilgan holda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish to'g'risida habarnoma yuboradi.*



*Izoh: Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasini rasmiy veb-saytining maxsus bo'limida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi axborotni e’lon qiladi.



Rad etish sabablari








  • Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lumotlar shakllari to‘liq hajmda to‘ldirilmaganda.









  • Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.



Shikoyat arizasi berish tartibi


Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.



Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.



Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa