Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Matbaa (Poligrafiya) korxonalarini Davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Matbaa (Poligrafiya) korxonalarini Davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza yuborish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniy shaxslar).

Tashkilot

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100129, Toshkent, Navoiy ko'chasi, 30


Telefon: +998 (71) 244-37-56, +998 (71) 244-14-54


Faks: +998 (71) 244-14-54


Elektron pochta manzili: info@api.uz


Rasmiy veb-sayt: www.api.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida ruxsatnomadan nusxa - yuridik shaxslar uchun;

  • Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida ruxsatnomadan nusxa - jismoniy shaxslar uchun.

  • Davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.



*Izoh: Yuridik va jismoniy shaxslarning ma'lumotlar bazasi bilan integratsialanganidan so'ng, ushbu hujjatlarni ilova qilish o'z dolzalbligini yo'qotadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Matbaa korxonalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 27-dekabr 2002-yildagi 454-sonli qaroriga binoan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


15 kun davomida.

Natijani olish usullari


Arizachiga xabar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish paytida u kiritgan mobil raqami yoki elektron pochta manziliga xabar yuboriladi.

Xizmat natijasi


Matbaa (poligrafiya) korxonasini davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish to'g'risidagi qarorning habardor qilish*.



*Izoh: Guvohnoma berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ guvohnomani rasmiylashtiradi va arizachining xohishga binoan elektron shaklda yuboriladi.

Rad etish sabablari


Ro'yxatga olish faqat quyidagi vaziyatlarda rad etilishi mumkin:



-agar ushbu nom bilan matbaa korxonasi avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsa;



-agar hujjatlar to'liq taqdim etilmagan bo'lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi murojaati noqonuniy rad etilganda javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta, shuningdek shaxsan tashrif buyurish orqali shikoyat qilishi mumkin.



Jismoniy yoki yuridik shaxslar qabul qilingan qarordan norozi bo'lgan taqdirda, davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs tomonidan qayerga va qanday murojaat qilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot berilishi lozim.



Davlat tashkilotidagi mansabdor yoki vakolatli shaxs murojaat bo'yicha qabul qilingan qaror natijasi ustidan nazorat olib borishga majburdir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa