Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash signalizatsiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatishni litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash signalizatsiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish faoliyatini litsenziyalash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Bog`lanish

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasining manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov ko’chasi, 17-uy.



O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo’riqlash” Respublika birlashmasining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, S.Baraka ko’chasi, 52a-uy.



Shuningdek ularning hududiy boshqarmalari: Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YoXBB va “Qo’riqlash” RB xizmati.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) qaysiki yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan turi ko'rsatilgan ariza shakli to'ldirilishligi bilan birga quyidagi hujjatlarning skaner nusxasi taqdim etilishi lozim:



- litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo’yicha mutaxassislarning malaka tarkibi to’g’risidagi tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to’g’risidagi hujjatlarning nusxasi) ilova qilingan ro’yxati (Ilova 1);



- litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar (Ilova 2).

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni;



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-sonli “Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori;





O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2011-yil 21-oktabrdagi 158-sonli «Yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash signalizatsiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi signalizatsiya vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun materiallarni ko’rib chiqish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining komissiyasi nizomni tasdiqlash to’g’risida» gi buyrug’i.



Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi, litsenziya berish uchun O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o'n barobarida haq to’lanadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kun.

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishga huquq beruvchi litsenziyalar berish.

Rad etish sabablari


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida o'rnatilgan talablar asosida rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa