Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish bo'yicha ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida





Turizm faoliyatini amalga oshirish litsenziyasinini olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish uchun yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

Manzil: 100047, Toshkent sh., Istiqlol ko'ch. 47


Metro: "Amir Temur Xiyoboni"


Telefon: +998 (71) 233-54-14, 233-12-74


E-mail: info@uzbektourism.uz


Web-sayt: uzbektourism.uz


Faks: +998 (71) 233-80-68.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Yuridik shaxslar uchun



- yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;



- shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatning nusxasi;



- belgilangan tartibda ishchi organ yoxud bunday vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik shaxslarning xodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari nusxalari;



- to'lov kvitanziyasi nusxasi



Yakka tartibdagi tadbrikorlar uchun:



- yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;



- shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatning nusxasi;



- belgilangan tartibda ishchi organ yoxud bunday vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik shaxslarning xodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari nusxalari;



- to'lov kvitansiyasi nusxasi

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 830-I sonli "Turizm to'g'risida" Qonuni;



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi "Turizm faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 497-sonli qarori;



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi "Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 60-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Eng kam oylik ish haqining 2,5 barobari

Xizmatni ko`rsatish muddati


30 kun

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" yuboriladi

Xizmat natijasi


Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish yoki berishni rad etish, qayta rasmiylashtirish haqidagi qarorni qabul qilish.



Yuridik shaxslar uchun - Mehmonxona xizmatlari, Turoperatorlik xizmatlari.



Yakka tartibdagi tadbirkor - Ekskursiya xizmatlari.

Rad etish sabablari


Agar litsenziat litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organ bilan litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilishga haqlidir.



Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha ham rad etilishi mumkin

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa