16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etish.
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari.
Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh., Yunusobod t-ni, Mustaqillik maydoni, 5
Telefonlar: (+998 71) 239-88-22, 239-88-31
Faks: (+998 71) 239-88-22, 239-17-94
Onlayn ariza.
Xizmat bepul ko'rsatiladi.
Tibbiy xulosa berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Foydalanuvchi (nogiron yoki ularning qonuniy vakili) tibbiy xulosani olish uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert kommisiya»siga xabarnomada ko’rsatilgan vaqt mobaynida murojaat qilishlari va 7 ish kunidan oshmagan muddatda tibbiy xulosani olishi lozim. Ko’rsatilgan muddat davomida olib ketilmagan tibbiy xulosa o’z kuchini yo’qotadi va qonuniy kuchga ega bo’lmagan deb hisoblanadi.
16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosasini olish xizmatning natijasi hisoblanadi.
Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat va mas'ul xodimning e'tiborsizligi yuzasidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaatnoma yuborish huquqiga ega.
Yuborilmoqda...