Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida





Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Ko`chmas mulk

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi





Yuridik va jismoniy shaxslar.

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent sh., Chilonzor-S, Cho'ponota k-si.


Telefon: +998 (71) 277-98-07


Faks: +998 (71) 273-70-05


E-mail: info@ygk.uz


Veb sayt: www.ygk.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


2 ish kuni.




Natijani olish usullari


Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasi Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi, shuningdek kadastrning hududiy organlaridan shaxsan kelib olib ketishi mumkin.

Xizmat natijasi


Arizachiga (arizachidan) ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqining yuzaga kelishi (to'xtatilishi, ko'chirilishi) to'g'risidagi yozuvni ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqi Yagona davlat reyestriga kiritish va Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasini taqdim etish.

Rad etish sabablari


  • Ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ning tegishliligi to'g'risida kelishmovchilikning yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organda mavjudligi.

  • Qonunchilikda belgilangan tartibda ko'chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ni olib qo'yish to'g'risidagi ma'lumotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organda mavjudligi.

  • Huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayoni to'xtatilganida taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklar bartaraf etilmaganligi.

  • Huquqni yuzaga kelish jarayonini belgilamaydigan hujjatlarni taqdim etilishi.

  • Ko'chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni to'xtatilishi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa