Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Kommunal xizmatlarini yetkazib berishdagi muammolar yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining elektron shikoyatlari
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tadbirkorlik subyektlari kommunal xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha muammolar yuzaga kelgan hollarda shikoyat yo'llashlari mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Uy-joy va kommunal xo'jaligi

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy va yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bog`lanish

O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi


Manzil: 100066, Toshkent sh., Islom Karimov ko`chasi 55


Telefon: (+998 71) 239-44-46


Faks: (+ 99871) 239-47-84


E-mail: info@gki.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


- Shikoyatlar Qo’mitaga tushgan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qo'shimcha o'rganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan shikoyatlar esa 15 kundan kechiktirmay hal etilishi shart.



- Shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar o'tkazish, qo'shimcha materiallarni so'rab olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lsa, Qo’mita rahbari yoki rahbarining o'rinbosari shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim bo'lib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi. Bunda murojaatni ko'rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.



- Shikoyat qabul etilganligi haqida ma’lumot, uni taqdim etgan shaxsga Qo’mitaning mas’ul hodimi tomonidan 24 soat ichida yuboriladi.

Natijani olish usullari


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan.

Xizmat natijasi


Xizmat natijasida foydalanuvchi o'z shikoyatiga javob olishi ta'minlanadi.

Rad etish sabablari


Xizmat ko'rsatishda rad etish uchun:



- Taqdim etilgan ma'lumotlarni haqiqatga to'g'ri kelmasligi;



- Shikoyatchi tomonidan bir necha marotaba yuborilgan shikoyati asossiz, noqonuniy shaklda yoki mazkur shikoyat yuzasidan avval qaror chiqarilgan bo'lsa;



- Agarda shikoyatda fuqaroning ism-sharifi va yashash manzili to'g'risidagi ma'lumotlar (yuridik shaxsni tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlariga tegishli), yuridik shaxsning to'liq nomi qayd etilmagan, noto'g'ri ma'lumotlar keltirilgan yoki imzo qo'yilmagan shikoyatlar anonim hisoblanadi va bu arizalarni ko'rib chiqmaslik uchun asos bo'ladi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Shikoyatchi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas'ul hodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa