Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Nikohni qayd etish uchun Toshkent shahri Sergeli tumani fuqarolik holati dalolatnomasini yozish organi (FHDYo)ga ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida





Nikohni qayd etish uchun Sergeli tumani FHDYo organiga ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Fuqarolik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Sergeli tumanida ro'yxatdan o'tgan fuqarolar - jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bog`lanish

Sergeli tumani FHDYo organi


Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100085, Toshkent sh.,


Sergeli t-ni, Sergeli-8, A.Ahmatova k-si, 1-uy.


Telefon +998 (71) 215-04-95


Faks: +998 (71) 233-48-44


E-mail: info@minjust.gov.uz


Veb sayt: www.minjust.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


  • Nikoh arizasi (yuklab olish) - turmush qurish istagini bildirgan shaxslar tomonidan to'ldirilgan va imzo chekilgan arizaning skaner qilingan talqini (rasman o'zbek tilida).

  • Shaxsiy ma'lumotlarni tasdiqlovchi pasportning barcha sahifalari hamda doimiy yashash joyidan ro'yxatdan o'tgan hujjat (yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat - harbiy guvohnoma, ofitser yoki praporshikning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma)ning skaner qilingan talqini.

  • Qaytadan nikohdan o'tayotgan shaxslar hujjatlari - nikohni bekor qilish haqidagi guvohnoma yoki sud qarori (01.09.1998 yildan 15.09.2010 yilgacha yuridik kuchga kirgan sud qarorlari uchun), er (xotin)ning vafot etganligi haqida yoki sud tomonidan nikoh qonuniy kuchga ega emasligi to'g'risidagi qarori, shuningdek mavjud farzandlarning tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarining skaner qilingan talqini.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat bojlari stavkalari to'g'risida" 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qaroriga ko'ra nikohni ro'yxatga olish uchun davlat boji mamlakatimizda belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizini tashkil etadi.



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig'imi miqdorini tasdiqlash to'g'risida" 2012 yil 25 apreldagi 119-son qaroriga ko'ra nikoh qayd etilganligi haqidagi gerbli guvohnomani berish uchun gerb boji miqdori mamlakatimizda belgilangan eng kam oylik ish haqining 15 foizini tashkil etadi.





Adliya vazirining "FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan haq to'lanadigan xizmatlar to'g'risida Nizom" 2012 yil 15 martdagi 29-um-son buyrug'iga ko'ra nikoh tuzilganligi munosabati bilan tantanali ravishda joyga chiqib nishonlash uchun (transport harajatlaridan tashqari) mamlakatimizda belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 foizini tashkil etadi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


FHDYo organi ariza qabul qilingan kundan boshlab 1 oy muddatda hujjatlarni ko'rib chiqadi va nikohni ro'yxatga olish ruxsatnomasi haqida taklif kiritadi. Maxsus sharoitlarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, bir tomonning kasal bo'lishi va bosh.) nikoh ariza berilgan kuni ro'yxatga olingan bo'lishi kerak. Uzrli holatlarga va arizachi talabiga ko'ra FHDYo organi mudiri bir oy davrini kamaytirishi mumkin.



Nikohni ro'yxatga olishni uzaytirish nikohlanuvchilar kelishgan arizasiga ko'ra ko'rib chiqiladi. Ba'zi bir holatlarda yetarli asoslar mavjudligi tufayli, shuningdek, FHDYo organi tashabbusi binoan bu vaqt uch oygacha uzaytirilishi mumkin.

Natijani olish usullari


FHDYo organida nikohni qayd etish ariza qabul qilinganidan 1 oy muddat o'tib nikohdan o'tuvchi shaxslarning shaxsan ishtiroki bilan amalga oshiriladi va bu haqda arizachi Yagona portal orqali elektron ravishda xabardor qilinadi.



Xabarnoma Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Turmush qurish istagini bildirgan shaxslardan ariza qabul qilish va tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma berish.

Rad etish sabablari


  • Agar Sergeli tumanida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa.

  • Agar ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan nikoh yoshi (erkaklarga 18 yosh, ayollarga 17 yosh)ga to'lmagan bo'lsa (uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda - homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin).

  • Agar nikohdan o'tayotgan shaxslardan biri uylangan yoki turmushga chiqqan bo'lsa.

  • Agar nikohdan o'tish istagini bildirgan shaxslar to'g'ri shajara bo'yicha qarindoshlikka kirgan bo'lsa.

  • Agar arizachilardan biri sud tomonidan ruhiy buzilish (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) natijasida layoqatsiz deb topilgan bo'lsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi sifatsiz koʻrsatilgan xizmat uchun va mas'ul xodimning e'tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa