Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo`lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo`lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza yuborish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Tadbirkorlik

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bog`lanish

Tanlangan soliq boshqarmalaridan kelib chiqqan holda.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


• 3x4 o’lchamli to’rtta fotosurat;



• Bank to'lov hujjatining skaner qilingan nusxasi (Davlat boji to’langanligini tasdiqlaydigan to’lov hujjati);



• Yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi ma’lumotnoma-tasdiqnomasining skaner qilingan nusxasi;



• Muhr va shtamp eskizlari skaner qilingan nusxasi;



• Ariza beruvchi pasportining skaner qilingan nusxasi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 413-son qarori



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ikki ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.

Natijani olish usullari


Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo`lmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomani olish.



Tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro'yxatdan o'tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan o'tishi kartochkasini olish.



Davlat soliq inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizining bir nusxasini olish (shaxsan kelib olish zarur).

Rad etish sabablari


• Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;



• Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;



• Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;



• Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa