Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish va/yoki gaz uskunalarini ta’mirlash uchun ariza yuborish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida




Tabiiy gazning sizib chiqishini bartaraf etish va/yoki gaz uskunalarini ta’mirlash uchun ariza yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Uy-joy va kommunal xo'jaligi

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar

Tashkilot

"Uztransgaz" AK

Bog`lanish

Manzil: Toshkent shahri, 100031, Yusuf Hos Xojib ko`chasi 31a uy


Metro: Kosmonavtlar


Avtobus: 140


Telefon: +998 (71) 239-18-67, +998 (71) 150-31-14, +998 (71) 239 89 65


Web-sayt: uztransgaz.uz


E-mail: info@uztransgaz.uz

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Gaz sizib chiqishini bartaraf etish - bepul.



Qurilish-montaj ishlari ishlari o'tkazilgandan, gaz sizib chiqishini bartaraf etilgandan keyin gaz ta'minotini qayta tiklab berilishi, shuningdek gaz uskunalarini ta'mirlash - pullik, to'lov kelishuv asosida yoki belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



* Pullik xizmat iste'molchi va gaz ta'minoti tashkiloti (boshqa vakolatli organlar, tashkilotlar) o'rtasidagi kelishuv shartlariga ko'ra amalga oshiriladi. To'lov gaz saqlash, gaz quvir tizimi, gaz uskunalari va h.k. lar turgan tashkilotga o'tkaziladi

Xizmatni ko`rsatish muddati


Gaz sizib chiqishini bartaraf etish - so'rov qabul qilinganidan so'ng zudlik bilan.



Mutaxassisning gaz uskunalarini sozlash bo'yicha joyiga chiqishi - 1 ish kuni

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi

Xizmat natijasi


Gaz sizib chiqishiga elektron ariza yuborish zudlik bilan gaz sizib chiqishini bartaraf etish orqali yopiladi.



Gaz uskunalarini ta'mirlash va/yoki gaz ta'minotini qayta ulashga tegishli ishlarni amalga oshirish kelishuv asosida yoki belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab zudlik bilan tuman (shahar) gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisi arizada ko'rsatilgan manzilga gaz sizib chiqishini bartaraf etish uchun tashrif buyuradi.



Mutaxassis gaz sizib chiqishini bartaraf etib, bu haqda 2 nusxada dalolatnoma tuzadi va bir nusxasini iste'molchiga (ishonchli shaxsga) taqdim etadi.



Xizmat natijasi gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisining tashrif buyurishi va o'z navbatida bu haqda Yagona portal orqali bildirishnoma olish bo'lib hisoblanadi

Rad etish sabablari


Xizmat ko'rsatishning rad etish sabablari:



- Xato yoki to'liq to'ldirilmagan ariza shakli va faoliyatga taalluqli bo'lmagan ma'lumotlarning taqdim etilishi;



- Narxlar haqida ma'lumot beruvchi jadvalda tasdiqlangan xizmat uchun to'lovni to'lashni rad etish.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi arizani ko'rib chiqish bo'yicha sifatsiz ko'rsatilgan xizmat, shuningdek tashkilot mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda o'rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa