Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Gaz ta’minotini vaqtincha to‘xtatib turish yoki qayta tiklash uchun elektron ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Gaz ta’minotini vaqtincha to‘xtatib turish yoki qayta tiklash uchun elektron ariza taqdim etish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Uy-joy va kommunal xo'jaligi

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik va jismoniy shaxslar

Tashkilot

"Uztransgaz" AK

Bog`lanish

Manzil: Toshkent shahri, 100031, Yusuf Hos Xojib ko`chasi 31a uy


Metro: Kosmonavtlar


Avtobus: 140


Telefon: +998 (71) 239-18-67, +998 (71) 150-31-14, +998 (71) 239-89-65


Web-sayt: uztransgaz.uz


E-mail: info@uztransgaz.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


- Gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisi borishi lozim bo'lgan manzil to'liq ko'rsatilishi lozim;



- Mulkdorda hozir bo'lishi talab etiladi (turar-joy, xonalar va h.k.) ning pasporti va qonunda o'rnatilgan hujjatlari;



- Agar mulkdor uni ishonchli shaxsga taqdim etsa, unda bu shaxs quyidagilarga ega bo'lishi lozim shaxsiy paspotga va notarial tasdiqlangan ishonchnoma va uning kopiyasiga (taqdim etish uchun), shuningdek qonunda o'rnatilgan hujjatlarga (turar-joy, xonalar va h.k.);



- Gaz ta'minotiga qayta ulash uchun yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda foydalanilgan gaz uchun qarzi yo'qligini ko'rsatuvchi hujjatga (kvitansiya, chek va h.k), shuningdek gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatilganligi haqidagi dalolatnomaga ega bo'lishi lozim.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli Qarori;




- "O'zbekiston Respublikasi hududida gazdan uy-ro'zg'orda foydalanish qoidalari" O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 14-oktyabrda 370-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Gaz ta'minotini vaqtinchalik to'xtatish - bepul;



Gaz ta'minotiga qayta ulash - bepul, foydalangan gazdan qarzi bo'lgan taqdirda rad etiladi

Xizmatni ko`rsatish muddati


Ariza qabul qilingan muddatdan boshlab 5 ish kuni muddatida

Natijani olish usullari


Javob xati Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tishda ko'rsatgan pochta manziliga yuboriladi.

Xizmat natijasi


Gaz ta'minotini vaqtinchalik to'xtatishga elektron ariza gaz hisoblagich priborini plombalash va bu haqda 2 nusxada dalolatnoma tuzish yo'li bilan yopiladi.



Gaz ta'minotiga qayta ulashga elektron ariza oldin to'xtatilgan gaz ta'minotini qayta ulash (foydalanilgan gazdan qarzi bo'lmagan taqdirda), bu haqda 2 nusxada dalolatnoma tuzish yo'li bilan yopiladi.



Tuman (shahar) gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisi ariza ko'rib chiqishga qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizada ko'rsatilgan manzilga gaz ta'minotini to'xtatish yoki ulash uchun tashrif buyuradi. Mutaxassis gaz ta'minotini ulaydi yoki uzib qo'yadi va bu haqda 2 nusxada dalolatnom tuzib, 1 nusxasini iste'molchiga (yoki ishonchli shaxsga) taqdim etadi.



Xizmat natijasi gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisining tashrif buyurishi va o'z navbatida bu haqda Yagona portal orqali bildirishnoma olish bo'lib hisoblanadi

Rad etish sabablari


Xizmat ko'rsatishning rad etish sabablari:



- Xato yoki to'liq to'ldirilmagan ariza shakli va faoliyatga taalluqli bo'lmagan ma'lumotlarning taqdim etilishi;



- Foydalanilgan gaz uchun to'lovni va/yoki taqdim etish talab etilgan hujjatlarni rad etish

Shikoyat arizasi berish tartibi


Arizachi arizani ko'rib chiqish bo'yicha sifatsiz ko'rsatilgan xizmat, shuningdek tashkilot mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunda o'rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa