Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi kreditlar
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Jismoniy shaxs tomonidan bank krediti hisobidan mol-mulk, tovarlar, ishlar va xizmatlarni O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi doirasida harid qilinishi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Bog`lanish

Manzil: 100084 O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Amir Temur shohko`chasi, 101


Telefonlar: (+998 71) 233-60-70, (+998 71) 234-47-71, (+998 71) 235-90-60

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Kredit olish uchun quyidagi hujjatlarni to'ldirish va tegishli ravishda rasmiylashtirish zarur:



  • Kredit olish uchun ariza;

  • Kredit shartnomasi;

  • Kreditni o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash uchun ta'minot (garov, ipoteka, zakalad va amaldagi qonunchilikda ko'rsatilgan boshqa ta'minot);

  • Kelishuvni rasmiylashtirish uchun zarur bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Bankning hujjatlarida ko'rsatilgan, boshqa shartnomalar va hujjatlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Kredit O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Kredit siyosati va Bankning ichki me'yoriy hujjatlari asosida beriladi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Kredit bo'yicha foizlar amaldagi qonunchilik, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki me'yoriy hujjatlari talablari, Bankning kredit siyosati va ichki me'yoriy hujjatlari asosida belgilanadi va kredit shartnomasida ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani taqdim etish sanasidagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlarni ko'rib chiqish muddati belgilanadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Kredit olish.

Rad etish sabablari


  • Kredit berishni rad etish sabablari sifatida quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • Taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma'lumotlarning haqiqatga to'g'ri kelmasligi;

  • Manfiy kredit tarixi;

  • Qarz oluvchining to'lov layoqatsizligi;

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida, Bankning Kredit siyosati va me'yoriy hujjatlarida ko'rsatilgan boshqa sabablar.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Kredit olishga rad javobini asossiz olgan taqdirda, mijoz filialning yoki bo'limning yuqori turuvchi tashkilotiga, yoki ishonch telefonlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa