Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun kreditlarni ajratish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Qonunchilikda o'rnatilgan tartibda tuzilgan Qarz oluvchining shartnoma(kontrakt)lari bo'yicha, kredit shartnomasida ko'rsatilgan maqsadlarga, to'lov hujjatlarini Bank tomonidan naqd pulsiz ko'rinishda to'lash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Bog`lanish

Manzill: 100084 O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko`chasi, 101


Telefonlar: (+998 71) 233-60-70, (+998 71) 234-47-71, (+998 71) 235-90-60

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Kredit olish uchun Qarz oluvchi kredit arizasini taqdim etishi lozim. Kredit olish uchun arizadan tashqari, Qarz oluvchi kredit arizasini taqdim etish sanasida amaldagi qonunchilik tomonidan talab etilgan hujjatlar to'plamini ham taqdim etadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi



O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning “O'zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to'g'risida”gi Nizomi (02.03.2000 yilda 906 – son bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan, yangi tahrir), “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobi tartibi to'g'risida”gi Nizomi (17.12.2004 yilda 1435 – son bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan), Kredit siyosati va Bankning ichki me'yoriy hujjatlari asosida beriladi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Kredit bo'yicha foizlar tomonlar kelishuvi asosida o'rnatiladi va kredit shartnomasida ko'rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani taqdim etish sanasidagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlarni tekshirib chiqish muddati belgilanadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Kredit olish.

Rad etish sabablari


Kredit berishni rad etish sabablari sifatida quyidagilar bo'lishi mumkin:



  • kredit olish uchun murojaat qilgan shaxsning, ushbu xizmat turidan foydalanish uchun huquqining yo'qligi yoki Qarz oluvchi nomidan ish yuritish huquqining yo'qligi;

  • taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma'lumotlarning haqiqatga to'g'ri kelmasligi;

  • manfiy kredit tarixi;

  • kreditga layoqatsizlik, zararning mavjudligi, o'z aylanma mablag'larining yo'qligi yoki ularni qaytishi gumon bo'lgan debitor qarzlarga yo'naltirilganligi;

  • tayyor mahsulotning nolikvid zahirasini tashkil etganlik;

  • so'ralayotgan kredit uchun zarur likvid ta'minotning mavjud emasligi; O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida, Bankning Kredit siyosati va me'yoriy hujjatlarida ko'rsatilgan boshqa sabablar.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Kredit olishga rad javobini asossiz olgan taqdirda, mijoz filialning yoki bo'limning yuqori turuvchi tashkilotiga, yo ishonch telefonlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa