Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Jismoniy shaxsga omonat ochish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Jismoniy shaxsga omonat ochish: omonatni ochish va foizlar haqidagi ma’lumot.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Bog`lanish

Manzil: 100084 O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko`chasi, 101


(+998 71) 233-60-70, (+998 71) 234-47-71, (+998 71) 235-90-60

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Markaziy bankning ”O’zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomasi”ga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 4 martda 2205-son bilan ro’yxatga olingan) binoan omonatni rasmiylashtirayotgan vaqda quyidagi hujjatlar talab etiladi:



  • hisob raqam ochish uchun ariza;

  • omonat daftarchasi;

  • bank omonati shartnomasi;

  • shaxsiy hisobvaraq varaqchasi;

  • kirim orderi;

  • so’nngi nazoratga xabarnoma;

  • tasdiqnoma;

  • naqd pulsiz ko’rinishda qabul qilingan omoantlar bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish daftari;

  • naqd pulsiz kirim orderi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Omonatni rasmiylashtirish to’lov talab qilinmagan holda amalga oshiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Arizani berish muddati o’rnatilmagan



Omonatni rasmiylashtirishga sarflanadigan umumiy vaqt – 1 kun



Omonatni rasmiylashtirish uchun bir mijozga sarflanadigan maksimal vaqt – 30 minut

Natijani olish usullari


Banka tashrif buyirgan holda.

Xizmat natijasi


Jismoniy shaxsga omonat ochish.

Rad etish sabablari


Omonatni rasmiylashtirishni rad etish uchun sabablar:



  • hujjatlar o’rnatilgan talablarga javob bermaganda (to’liq bo’lmaganda, noto’g’ri to’ldirilganda);

  • taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarni haqiqatga to’g’ri kelmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Omonatni rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan ixtiyoriy mijoz unga ko’rsatilgan sifatsiz xizmat ko’rsatish ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat Milliy va Markaziy bankning ishonch telefonlari orqali, xizmatni ko’rsatgan bank tashkiloti rahbari, bankning viloyat bo’linmasi rahbari yoki Bosh ofis rahbari nomiga yozma ravishda amalga oshiriladi.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa