Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yuridik shaxslarga talab qilib olguncha hisobvarag’ini ochish bo'yicha ma'lumot taqdim etish
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Yuridik shaxslarga talab qilib olguncha hisobvarag’ini ochish bo'yicha ma'lumot taqdim etish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Bog`lanish

Manzil: 100084, Toshkent shahar, A.Temur ko`chasi, 101


Telefon: +998 (71) 234-47-71, +998 (71) 235-90-20


Veb sayt: www.nbu.uz


webmaster@nbu.central.com

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Hisobvaraqni ochish uchun yuridik shaxs:



  • O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida yo’riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda ariza;

  • tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

  • davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida yo’riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan ikki dona varaqcha;

  • tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;

  • mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o’rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko’rsatilgandan so’ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Hisob raqamlar O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi asosida va bankning ichki normativ hujjatlari asosida ochiladi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bank mijozlarining topshirig’ini bajarish natijasida olinadigan haq to’lash ta`riflariga asosan.

Xizmatni ko`rsatish muddati


O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida yo’riqnomaga asosan, mijoz tomonidan hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan 2 ish kuni mobaynida hisob raqam ochiladi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Ma'lumot berish.

Rad etish sabablari


Hisob raqamni ochishga rad etish sabablari sifatida quyidagilar bo’lishi mumkin:



  • Taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelmasligi;

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlarida keltirilgan boshqa sabablar.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Hisob raqam ochishga rad javobini asossiz olgan taqdirda, mijoz filialning yoki bo’limning yuqori turuvchi tashkilotiga yoki ishonch telefonlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa