Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


Bugungi kunda bankimiz tomonidan mijozlar uchun milliy valutadagi Visa Electron, Visa Classic va AQSh dollaridagi Visa Electron, Visa Classic, Visa Gold hamda yuridik shaxlar uchun mo‘ljallangan milliy valutadagi Visa Business korporativ plastik kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda.



Visa Electron kartasi - O‘zbekistonda eng keng tarqalgan plastik kartochka bo‘lib, foydalanishda oddiyligi va qulayligi sababli plastik kartochkadan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan hamda bo‘lmagan shaxslarga birdek to‘g‘ri keladi. Ushbu kartochka vositasida «O‘zsanoatqurilishbank» OATB hamda UzNSNR loyihasi ishtirokchilarining xizmat ko‘rsatish shohobchalarida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar o‘tkazish, naqd pul olish mumkin. Ushbu kartochkani rivojlantirish dasturlari ma'lum ijtimoiy qatlamlarga mo‘ljallangan bo‘lib, Respublika hududida va chet elda ishlatish uchun mo‘ljallangan.



Visa Classic kartasi – universal to‘lov vositasidir. Bu kartochka bank kartochkalaridan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan. Xorijiy valutadagi (AQSh dollaridagi) Visa Classic kartochkalari Visa logotipi mavjud bo‘lgan dunyoning barcha savdo shahobchalarida qabul qilinadi. Ushbu kartochka xorijiy safarlarda eng yaqin ko‘makchidir. Uning vositasida elektron va mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda hamda internet orqali to‘lovlar o‘tkazish mumkin.



Visa Picture - mutloq yangi turdagi kartalar Visa Electron, Visa Classic bo‘lib, ushbu xizmat plastik kartochkada mijozlarning istagiga ko‘ra individual dizayn va rasm bosmasini nazarda tutib, taqdim etilgan rasmlar asosida, plastik kartochka yuz qismiga tushirilishi mumkin. Bunda, mijoz yoki uning oilasi, hamkasblarining suratlari yohud mijoz tanlagan istalgan rasm Visa Xalqaro to‘lov tizimining shartlariga rioya qilingan bo‘lishi lozim.



Visa Gold – ekskluziv to‘lov vositasi bo‘lib, bankning VIP mijozlari uchun qulaylik va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi. Bu kartochkaga Dunyo bo‘yicha Visa Xalqaro to‘lov tizimiga a'zo bo‘lgan barcha banklar tomonidan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatiladi, xorijiy davlatlardagi magazin, mehmonxona, restoranlarda, kafelarda, aeroportlarda, teatrlarda va hokazo chegirma hamda imtiyozlar qo‘llaniladi. «O‘zsanoatqurilishbank» OATB AQSh dollaridagi Visa Gold kartochkalarini muomalaga chiqaradi. Ushbu kartochka xorijiy safarlarda eng yaqin ko‘makchidir. Uning vositasida elektron va mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda hamda internet orqali to‘lovlar o‘tkazish mumkin.



Visa Business - kartochkasi korporativ mijozlarga mo‘ljallangan bo‘lib, tashkilot ishchilarining xarajatlarini nafaqat ish jarayonida, balki xizmat safarlari davomida ham nazorat qilish imkonini beradi.



Xalqaro Visa plastik kartochkalari boshqa turdagi bank plastik kartochkalaridan xavfsizligi jihati bilan yaqqol ajralib turadi. Ushbu kartochkaning bir necha pog‘onadan iborat bo‘lgan xavfsizlik tizimi kartochkani ishlatishga tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxslarning undan foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Bank tomonidan, ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, halqaro standartlarga javob beradigan «Xalqaro Visa kartochkalardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan.



Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, bank tomonidan SMS – Banking xizmati ishga tushirilgan. Ushbu xizmat yordamida asosiy hamda qo‘shimcha kartochkalar vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarni nazorat qilish mumkin. On-line tarzda amalga oshirilgan har bir to‘lov va kartochkaning joriy qoldig‘i bo‘yicha kartochka egasining telefoniga SMS xabar keladi.



AQSh dollaridagi Visa plastik kartochka egalari undan 200 dan ortiq davlat va hududlarda joylashgan 1,5 mln.dan ortiq bankomatlarda naqd pul olish, 30 mln.dan ortiq savdo terminallarida to‘lovlar o‘tkazishda foydalanishlari mumkin.



VISA plastik kartochkalarining asosiy afzalliklari:



•Mijozning arizasiga asosan VISA plastik kartochkasi uchun bankda so‘mlik hisob ochilib, unga har oyda yillik 1% foiz hisoblanib boriladi;



•Bank tomonidan hisob raqamidagi mablag'lar xavfsizligi ta'minlanadi;



•Chet elga chiqish uchun kartadagi mablag‘lar deklaratsiya qilinmaydi;



•Plastik kartochka yordamida terminal orqali kommunal va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin;



•Plastik kartochka hisobvarag‘iga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazib borish mumkin.



•“SMS – banking” xizmati orqali plastik kartochka hisob raqamidagi mablag‘lari ustidan nazorat yuritish imkoniyatiga erishadi;



•Bank hisob raqamidagi mablag‘ haqidagi hamda unga hisoblanadigan foizlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni sir saqlanishi kafolatlanadi;



O‘zsanoatqurilishbank VISA tizimining ekvayreng sertifikatiga ega va shu tizimning jahondagi barcha emissiya qilingan plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsata oladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

"O'zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki

Bog`lanish

Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko`chasi, 3


Telefon: (+99871) 120-45-42


Faks: (+99871) 140-36-38


E-mail: info@uzpsb.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Kartochka ochish uchun Pasport nusxasi va shu asosida bank bilan shartnoma imzolashi lozim.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Shartnomaga ko`ra.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Plastik kartochka olish.

Rad etish sabablari


Ko`zda tutilmagan.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Bank rahbariga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa