Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!

Xizmat haqida


«Bank-Mijoz» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin.



«Bank-Mijoz» tizimi Internet-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan. Unda ishlash uchun mijozlar Internet tizimidan foydalanish imkoniga ega bo’lishlari lozim.



Ushbu tizim yordamida Siz:



  • Pullarni o’z hisob raqamingizdan istalgan bankning har qanday boshqa raqamiga o’tkazish;

  • O’z hisob raqamingizdagi harakatlar haqida ma'lumot olish;

  • Hisob-raqam bo’yicha ko’chirma olish;

  • O’z hisob raqamingizdagi qoldiqlarni kuzatish;

  • Bankga o’tkazilgan to’lov hujjatlari arxivini yuritish;

  • Hisob raqamdagi mablag’lar holati va harakati bo’yicha hisobotlar olish



Bank-Mijozga ulanish juda soddadir (Buning faqat bizning bankda hisob raqamingiz bo’lishi va “Bank-Mijoz” hamda elektron raqamli sertifikat tizimida xizmat ko’rsatish shartnomasi imzolangan bo’lishi kerak.



To’lov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatoga yo’l qo’yish mumkinligi haqida xavotirlanmaslik. Tizim hujjatlarni to’g’ri to’ldirilishini tubdan nazorat qilib, xatolarni ko’rsatib boradi. Xato to’ldirilgan hujjatni jo’natgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan to’xtatishingiz mumkin va unda hisob raqami bo’yicha operatsiya amalga oshirilmaydi



"O’zsanoatqurilishbank" OATB mijozlarga oid operatsiyalar maxfiyligini ta'minlashga kafolat beradi.



Mijozlarni tizimga ulash maxsus elektron kalit yordamida amalga oshiriladi.



Tizimga ilk bor ulangan mijozlarga unda ishlashni bepul o’rgatish xizmati taqdim etiladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

"O'zbekiston sanoat-qurilish banki" aksiyadorlik tijorat banki

Bog`lanish

Manzil:100000, Toshkent sh. Yunusobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 3



Telefon:(99871) 120-35-94,



Faks:(99871) 233-35-94,



E-mail: info@uzpsb.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Ko`zda tutilmagan.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


O`rnatilgan tartibda.

Natijani olish usullari

Xizmat natijasi


Bank-Mijoz tizimiga ulanish.

Rad etish sabablari


Tizim nosozligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Bank rahbariga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa