Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat vaqtincha chet elda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasiga kirish huquqini beruvchi hujjat hisoblanadi, va chet elda ularning harakatlanish hujjati (O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to’lmagan O’zR fuqarosining guvohnomasi, fuqaroligi bo’lmagan shaxsning guvohnomasi) yo’qolgan (yaroqsizlangan) hollarda beriladi.



Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet elda bo`lgan vaqtlarida pasportlarining amal qilish muddati tugaganida qaytish uchun sertifikat rasmiylashtiriladi.



Bundan tashqari, ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari asosida chet elda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 16 yoshga to’lganda qaytish uchun sertifikat berilishi mumkin.



Arizachida harakatlanish hujjati mavjud emasligi sababli uning shaxsini tasdiqlash zarur bo’lganida, qaytish uchun sertifikat faqatgina pasport yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning guvohnomasini bergan O’zR ichki ishlar idoralarining tegishli tasdiqlovchi hujjati olinganidan so’ng beriladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qaytish uchun sertifikatni rasmiylashtirish muddati arizachi tomonidan chet eldagi konsullik muassasasiga taqdim etilgan ma’lumotlarning to’liqligiga qarab, 5 ish kunigacha davrini tashkil etishi mumkin.



O’zbekiston Respublikasi fuqarosining yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat yo’qolganligi (yaroqsizlanganligi) yuzasidan murojaatlari shaxsan arizachi tomonidan O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari qabul qilish kunlari va soatlarida amalga oshiriladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Elchixona xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Jismoniy shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Bog`lanish

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi
Konsullik boshqarmasi



100029, Toshkent, O`zbekiston ko`chasi 9



Telefon: (+998 71) 233-45-01



Faks: (+998 71) 239-15-17

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Sertifikatni olish uchun konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:


  • to’ldirilgan elektron ariza-anketa;

  • muddati tugagan/yaroqsizlangan pasport/16 yoshgacha shaxsning guvohnomasi/FBSh guvohnomasi;

  • ikkita fotosurat (35x45mm);

  • sertifikatga yozib qo’yiladigan har bir bolaning ikkita fotosurati (35x45mm);

  • arizachi ishlaydigan, o’qishda, davolanishda yoki xizmat safarida bo’lgan tegishli tashkilotning tasdiqlovchi hujjati;

  • o’rnatilgan miqdordagi konsullik yig’imi;

  • qaytarib yuborish uchun puli to’langan konvert (zaruriy holda).

  • Bundan tashqari, yo`qotilishi yoki o`g`irlanishi natijasida arizachining harakatlanish hujjati mavjud bo`lmagani holda quyidagi qo`shimcha hujjatlar kerak:

  • yo’qotilgan/o’g’irlangan pasport nusxasi (agar bor bo’lsa);

  • arizachining harakatlanish hujjati yo’qolganligi to’g’risida ariza bilan murojaat etganligini tasdiqlovchi doimiy yashash joyidagi mamlakatning vakolatli idoralarining rasmiy hujjati;

  • arizachi tashrif buyurgan mamlakat vakolatli idoralari tomonidan berilgan va arizachining harakatlanish hujjati yo’qolganligi, o`g`irlanganligi to’g’risida ariza bilan murojaat etganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;



    Izoh:


    Qaytish uchun sertifikat berilgan shaxs O’zbekistonga kelganidan so’ng yangi pasportni rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga ushbu sertifikatni topshirishi shart.


  • Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


    Sohaga tegishli normativ hujjatlar hamda Tashqi ishlar vazirini 1997 yil 20 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat to'g'risida" gi yoriqnomasi

    Xizmat narxi va to`lash tartibi


    Ko'zda tutilmagan.

    Xizmatni ko`rsatish muddati


    5 ish kunigacha.

    Natijani olish usullari


    Elektron tarzda.

    Xizmat natijasi


    Ma'lumotni olish.

    Rad etish sabablari


    Ko'zda tutilmagan.

    Shikoyat arizasi berish tartibi


    Ko'zda tutilmagan.

    Ommabop xizmatlar

    Yuborilmoqda...

    Qayta aloqa

    * belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

    Tasvirdagi belgilarni kiriting*
    Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
    Murojaat yuborish

    Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

    Tadbirkorlik

    Qayta aloqa