Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yuridik shaxslar uchun kreditlash
Ma'lumot olish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Mikrokreditlar ikki yo`nalishda ajratiladi:



• Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirish uchun;



• Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun.





Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirishga ajratiladigan mikrokreditlar:



Ushbu mikrokreditlar yiliga 3 foizlik stavka bo`yicha 18 oygacha bo`lgan muddatga tashkil topganiga 6 oydan oshmagan kichik tadbirkorlik sub`yektlariga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:



• eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`yektlariga;



• eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha mikrofirmalar va yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko`rsatayotgan dehqon xo`jaliklariga;



• eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha fermer xo`jaliklariga. Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun mikrokreditlar.




Mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklari uchun:



• MIQDORI — eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha;



• MUDDATI — 24 oygacha;



• FOIZI — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasida.



Mikrokreditlar quyidagi kichik biznes sub`ektlariga ajratiladi:



• yakka tartibdagi tadbirkorlar;



• yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan dehqon xo`jaliklari;



• fermer xo`jaliklari;



• mikrofirmalar;



• kichik korxonalar.



Mikrokredit qaytarlishini ta`minlash:



Mikrokreditlar ta`minot va ishonch asosida beriladi. MULK garovi mikrokreditni ta`minlashning asosiy shakli bo`lib xizmat qiladi. Har qanday mulk, shu jumladan buyumlar va «Garov to`g`risida»gi O`zbekiston Resrublikasi Qonuniga muvofiq mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo`lishi mumkin. Mikrokredit ta`minot qiymatining 80% dan ko`p bo`lmagan miqdorda ajratiladi.



Ta`minot sifatida quyidagilardan biri qabul qilinishi mumkin:



• mol-mulk garovi yuqori likvidlikka ega bo`lgan qimmatli qog`ozlar



• likvidli tovarlar, xorijiy valyuta va garov shaklida rasmiylashtiriladigan valyuta boyliklarining boshqa turlari;



• benuqson to`lov qobiliyatli sub`yekt obro`siga ega bo`lgan yuridik shaxslar kafilligi:




Ishonchli mikrokreditdan foydalanish sharti



• Mikrokreditlar faqat qoniqarli kredit tarixiga ega bo`lgan va oldin olingan UCHTA kreditni o`z vaqtida to`lagan qarz oluvchilarga ishonch asosida berilishi mumkin.



• Kredit ishonch asosida berilganda bo`lajak to`lovlar bo`yicha ta`minlash sifatida qarz oluvchilar tomonidan kredit qiymatining 20 foizigacha miqdordagi summada majburiy jamg`ariladigan depozit joylashtiriladi, unga bank tomonidan foiz to`lovlari qo`shiladi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki

Bog`lanish

Manzil: 100096, Toshkent s., Lutfiy ko`chasi, 14.



Tel.: (+998 71) 273-05-86



Faks: (+998 71) 273-05-86



Ishonch Telefoni: (+998 71) 150-56-47

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib, bank xizmatlaridan foydalanishi uchun:



• tadbirkorlik sub`yekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tishi hamda;

• o`ziga qulay bo`lgan Mikrokreditbank filialida hisob raqam ochishi kerak.



Mikrokredit olish uchun bankka taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar:

• mikrokredit olish uchun buyurtmanoma;

• biznes-reja, pul oqimlari prognozini albatta ko`rsatgan holda;

• mikrokreditning qaytarilishi ta`minlanishi bilan bog`liq hujjatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to`ldirilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobot ma`lumotlari.



Tadbirkorlik sub`yektlari tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejaga qo`yiladigan asosiy talablar

• Taqdim etiladigan biznes-reja mikrokredit olish uchun buyurtmanoma berilgan sanadan ko`pi bilan 60 kun oldin tuzilgan bo`lishi kerak.

• "Mikrokreditbank"ga murojaat qilgan tadbirkorlar kredit olgungacha "Mikrokreditbank" tomonidan bepul tashkil etiladigan ajratiladigan mikrokreditlar va ko`rsatiladigan lizing xizmatlari turlari va mexanizmlari, shuningdek biznes-reja tuzish bo`yicha ikkita bazaviy seminarda qatnashishi majburiy hisoblanadi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli qarori.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Bepul.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Mikrokredit arizalarini ko`rib chiqish muddatlari



• Mikrokredit berish to`g`risidagi qaror kredit qo`mitasi tomonidan bankka zarur hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.

• Tadbirkorlik sub`ekti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda yohud hujjatlarda ishonchsiz yoki noto`g`ri ma`lumotlar mavjud bo`lganda bank ko`rsatilgan muddat mobaynida hujjatlarni aniq mulohazalar ro`yxatini yozma shaklda bayon qilgan holda puxta ishlash uchun qaytarishga haqlidir.

Natijani olish usullari


Mikrokreditni ajratish va qaytarish tartibi



1. Mikrоkrеdit оlish istаgidаgi tаdbirkоrlik sub`yеkti Mikrоkrеditbаnkning o`zigа qulаy bo`lgаn filiаli yoki minibаnkigа murоjааt etаdi.

2. Tаdbirkоrlik sub`yеkti bаnk tоmоnidаn mikrоkrеditlаr аjrаtish ва mikrоlizing xizmаtlаri ko`rsаtish, uni qаytаrish tаrtibi, biznеs–rеjа tuzish qоidаlаri bo`yichа bеpul tаshkil etilаdigаn ikkitа bаzаviy sеminаrdа ishtirоk etishi mаjburiy hisоblаnаdi. Ushbu sеminаrlаrdа tаdbirkоrlаr o`zlаrini qiziqtirgаn bаrchа sаvоllаrigа jаvоb оlаdilаr, bаnk vа mikrоkrеdit оluvchining huquq vа mаjburiyatlаri bilаn tаnishаdilаr.

3. Mikrоkrеdit аjrаtish qоidаlаri tаdbirkоrgа mа`qul kеlgаn tаqdirdа u mikrоkrеdit оlish uchun bаnkkа yozmа murоjаtnоmа tаqdim etаdi. Murоjаtnоmаgа biznеs rеjа vа tа`minоt to`g'risidаgi mа`lumоtlаrni ilоvа qilаdi.

4. Krеdit qo`mitаsi mijоz tоmоnidаn tаqdim etilgаn hujjаtlаrni 3 ish kunidаn ko`p bo`lmаgаn vаqtdа ko`rib chiqаdi vа mikrоkrеdit аjrаtish bo`yichа qаrоrni mijоzgа tаqdim etаdi.

5. Ijоbiy qаrоr оlgаn tаdbirkоr tа`minоt (krеdit qo`mitаsi qаrоridа qаyd etilgаn mоl-mulk gаrоvi shаrtnоmаsini nоtаriаl tаsdiqаsh) bilаn bоg`liq хujjаtlаrni rаsmiylаshtirаdi vа bаnkkа tаqdim etаdi.

6. Krеdit summаsidаn vа fоyiz stаvkаsidаn kеlib chiqib, аsоsiy qаrz vа fоyizlаrning bo`lаjаk to`lоvlаri krеditning butun muddаtigа tеng to`lоvlаrdа hisоblаb chiqilаdi.

7. Biznеs-rеjаgа muvоfiq tаdbirkоr dаstlаb 6 оygаchа bo`lgаn muddаtgа imtiyozli dаvr оlishi mumkin. Bu dаvrdа mijоz fаqаt fоyiz to`lоvlаrini, so`ng аsоsiy qаrz miqdоrini оymа-оy to`lаb bоrаdi.

8. Bаnk оldidаgi o`z mаjburiyatlаrini bаjаrmаyotgаn qаrz оluvchigа nisbаtаn bаnk krеdit shаrtnоmаsi shаrtlаridаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgi huquqlаrgа egа bo`lаdi:

- аgаr qаrz оluvchi bаnkning tаvsiyalаrini kеlishilgаn muddаtlаrdа bаjаrmаsа, ungа sаnksiya qo`llаsh to`g`risidаgi оgоhlаntirish bilаn birgа dа`vохаti yubоrish;

- аsоsiy summа vа krеditdаn fоydаlаngаnlik uchun fоyizlаr o`z vаqtidа to`lаnmаgаn, shuningdеk krеditni krеdit shаrtnоmаsidа bеlgilаngаn muddаtdа qаytаrish istiqbоli mаvjud bo`lmаgаn tаqdirdа krеdit bo`yichа qаrzdоrlik qоldig`ini muddаtidаn оldin, shu jumlаdаn gаrоvgа qo`yilgаn mоl-mulk vа bоshqа mоl-mulk hisоbigа undirib оlish.

Xizmat natijasi


Mikrоkredit оlish.

Rad etish sabablari


Mikrokreditlar ajratish va mikrolizing xizmatlari ko`rsatish taqiqlangan yo`nalishlar



• ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni to`lashga;

• tamakichilikni va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarishni tashkil etishga;

• lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etishga berilmaydi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Tegishli joyga murojaat qilish.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa