Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Bog`lanish

Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 6 uy, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki



Telefon: 236-75-24



E-mail: info@cbu.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyidagilarni taqdim etadi:



  • litsenziya berish to‘g‘risida ariza (ariza shakli);

  • mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;

  • mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;

  • mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati.



Mikrokredit tashkilotida axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim:



  • Bank telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanish uchun modem aloqasi;

  • mikrokredit tashkiloti binosi va bank telekommunikatsiya tarmog‘ining jihozlari o‘rnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi;

  • kafolatlangan elektr ta’minoti (220 V);

  • kunlik buxgalteriya hisobini yuritilishini ta’minlovchi dasturiy ta’minot;

  • mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar.



Mikrokredit tashkiloti binosi va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Mikrokredit tashkiloti binosi va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi bo‘yicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim.



Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yig‘ma jild shaklida tikilib, muhr izi tushirilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Barcha hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


Markaziy bankning «Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami: 2093-son, 13.04.2010 y.) Nizomi

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Mikrokredit tashkilotlari faoliyati amalga oshirilishi huquqiga ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Natijani olish usullari


Yozma ravishda.

Xizmat natijasi


Litsenziyani berish yoki bermaslik.

Rad etish sabablari


Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishga haqlidir:



  • taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lganda;

  • taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa