Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
​Auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha litsenziya olish uchun ariza taqdim etish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha litsenziya olish uchun ariza taqdim etish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Bog`lanish

O‘zbekistоn Respublikаsi Mоliya vаzirligi



Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100008, Tоshkent shahar, Mustаqillik maydoni, 5



Telefon: +998 (71) 233-70-73

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


O’zR Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:



  • shtatdagi auditorlar, shu jumladan xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam soniga muvofiq bo‘lgan shtatdagi auditorlarning malaka sertifikatlari, shuningdek ularga tegishli bo‘lgan xalqaro buxgalter sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;

  • mehnat daftarchalari (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ularning va asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi auditorlarni amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga to‘g‘ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining to‘liq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;

  • arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bankning to‘lov hujjati

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to'g'risida" 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi


Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ko`rib chiqilganligiuchun (litsenziyalovchi otganga ariza taqdim enilgan kunidagi) eng kam ishhaqining bir baravari miqdorida yig`im to`lanadi.



Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqimningto`rtbaravarimiqdoridadavlatboji undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Auditorlik tashkiloti hujjatlarni ko'rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Qabul qilingan qarorto’g’risida xabarnoma (litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida).

Rad etish sabablari


Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash ma'lumotlar bo'lganligi, shuningdek auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berilishini rad etishga haqlidir.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziyalovchi organning qarori ustidan auditorliktashkiloti tomonidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa