Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
ID.UZ Yagona identifikatsiya tizimi yordamida foydalanuvchilarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish tartibi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchi ID.UZ Yagona identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tishi lozim bo'ladi. Buning uchun eslatmada ko'rsatilagan havola bo'yicha o'tish (“Ro'yxatdan o'tish” tugmasi bosilganda), yoki Yagona identifikatsiya tizimi manzili - www.id.uz ni kiritish kerak.

Foydalanuvchi barcha kataklarga tegishli ma'lumotlarni kiritishi va “Jo'natish” tugmasini bosishi kerak.

  • Agar foydalanuvchi uMail.uz pochta qutisini ro'yxatdan o'tkazishni istasa, tegishli chek-boksga belgini qo'yishi kerak. Natijada login@umail.uz pochta qutisi ochilgan bo'ladi;
  • uMail.uz pochta qutisidan farq qiluvchi boshqa pochta qutilaridan foydalangan holda ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar, akkuant ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi ma'lumotni olishlari lozim bo'ladi.

Foydalanuvchi ro’yxatdan muvafaqqiyatli o`tganidan so`ng «Shaxsiy ma’lumotlar» sahifasida ma’lumotlarni kiritish zarur.

Endi, foydalanuvchi qaytadan Yagona portal manziliga kirishi va “ID.UZ yordamida kirish” tugmasini bosishi lozim.

Natijada foydalanuvchi Yagona portalda avtorizatsiya qilingan bo'ladi va bemalol murojaat yuborishi yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa