Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Yagona portalni ommalashtirishdagi ishtiroki uchun internet nashrlariga minnatdorchilik
26.12.2013

Hurmatli ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari! Sizga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini yurtdoshlarimiz o'rtasida keng ommalashtirishdagi yaqindan hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Yagona portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga murojaatlarini yuborish, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin bo'lgan yagona portal hisoblanadi. Davlat organlari va fuqarolar o'rtasida mustahkam aloqa o'rnatish, aholining fikr-mulohazasini o'rganish, ularni ortiqcha ovoragarchiliklardan himoya qilib, vaqtini, mablag'ini tejashga xizmat qilishi bilan ham Yagona portalning ijtimoiy ahamiyati yuqoridir.

Ommaviy axborot vositalari fuqarolarni mazkur qulayliklardan boxabar qilishning samarali vositasidir. Yuqoridagilarni inobatga olib, barchangizni yurtdoshlarimizning Yagona portal bo'yicha xabardorligini yanada oshirishda hamkorlikka chorlaymiz. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bannerini veb-sayti orqali ommalashtirishda hissa qo'shayotgan, informatsion ko'mak ko'rsatayotgan quyidagi hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Batafsil ma'lumot va qo'shimcha takliflar bo'yicha news@ccitt.uz elektron manzili orqali O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining Axborot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Поделиться

34641 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa