Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Raqamli platformaga ko‘chayotgan demokratiya
25.03.2015

20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab yagona tizimga ulangan xalqaro kompyuterlar tarmog‘i – Internet va undagi o‘zaro bog‘langan gipermatnli elektron resurslar tizimi – xalqaro o‘rgimchak to‘rining rivojlanishi hukumatning fuqarolar oldidagi hisobdorligini yangicha usullar yordamida ta’minlash imkonini yaratdi.

Ko‘pchilik olimlar va tadqiqotchilar axborot tarqatish texnologiyalari rivojlangan bugungi zamonda aholi uchun zarur ma’lumotlarni ularga o‘z vaqtida taqdim qilmaslik va aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirmaslik, jamiyat rivojiga juda katta salbiy ta’siri o‘tkazishi, oxir-oqibat yuzaga keladigan “axborot taqchilligi” jamiyatning inqiroziga olib kelishini ta’kidlashmoqda. Ayni shu omil “ochiq ma’lumot” tushunchasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan, deyish mumkin.

“Ochiq ma’lumot” – bir qarashda hammasi tushunarli: foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumot. Ochiq ma’lumotlar sirasiga ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlarni turli shakllarda o‘zida mujassam qiluvchi erkin foydalanish, tarqatish va o‘rtoqlashish mumkin, qayta ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan, mualliflik huquqi, patent yoki nazoratning boshqa cheklov va mexanizmlaridan xoli, internet tarmog‘iga elektron qurilmalar o‘qiy oladigan shaklda joylangan ma’lumot.

1.jpg

Hukumatning mamlakatda ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borgan islohotlarining ikkita muhim jihati bor. Birinchidan, jamoatchilikni ochiq ma’lumotlar bilan ta’minlash hukumat faoliyatining oshkoraligini va fuqarolarning jamiyat qurilishidagi keng ishtirokiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, hukumat faoliyatiga ma’lumotlar to‘g‘risida aholiga hisobot berib borish jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlanishi, poraxo‘rlik va korrupsiyaning oldi olinishi, aholi ehtiyojlarini o‘rganish, tadbirkorlar va fuqarolarning hukumatga bo‘lgan ishonchining oshishiga xizmat qiladi.
Ochiq ma’lumotlarni taqdim etishda turli hukumatlar turlicha usullarni qo‘llaydilar. Ba’zi davlatlarda alohida Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ko‘pchilik hukumatlar oddiy veb-saytlar orqali ma’lumotlarni e’lon qilishmoqda. Bugun AQSh, Meksika, Singapur kabi mamlakatlarning ochiq ma’lumotlarni aholiga taqdim etish bo‘yicha tajribalari jamiyatda korrupsiya tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan "tiqinlar"ning oldini olmoqda.
Ochiq ma’lumotlarni taqdim etishda mualliflik huquqi va foydalanish uchun ruxsatnomalarga nisbatan juda e’tiborli bo‘lish kerak. Muallifning ruxsatisiz unga tegishli ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etish mumkin emas. 2002 yilda AQSh da asos solingan Creative Commons license – jamoatchilikning mualliflik huquqi ruxsatnomalari guruhi mualliflarning roziligi va ularning huquqini saqlab qolish sharti bilan jamoatchilikka tegishli ma’lumotlardan notijoriy maqsadlarda erkin foydalanish, tarqatish huquqini beradi. 2002 yilda birinchi mualliflik ruxsatnomasi e’lon qilingan bo‘lsa, ayni kunda mazkur elektron resursda 1 milliardga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim va ilm-fan, boshqa yo‘nalishlarga oid ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar turmush tarzimizga ta’sir o‘tkazuvchi katta axborot oqimining tezlashishiga xizmat qilmoqda. Bu o‘rinda aniq ma’lumotlarning uning tarqalishiga mas’ul bo‘lgan birinchi shaxsdan olinishi axborotning foydalanuvchi uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Ochiq ma’lumotlar tarmoqlari aholini axborot xurujlaridan himoya qilishning muhim shartidir.
Bugungi iste’molchi bir vaqtning o‘zida ham ochiq ma’lumotlar o‘quvchisi va ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilari hamdir. Kundalik yurish-turishimiz va rejalarimizning ijtimoiy tarmoqlarda muhrlanib borayotgani jahon miqyosida yirik ochiq ma’lumotlar tarmoqlarini shakllantirmoqda. Bundan esa hukumatlar bilan birga, kompaniyalar, ayniqsa onlayn tijoratchilar unumli foydalanishmoqda.

Xususiy sektor vakillari orasida internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar oqimini faol shakllantirayotgan kompaniyalarning muvaffaqiyatga erishayotganliklariga guvoh bo‘lish mumkin. Misol tariqasida Amazon, e-Bay, Netflix kabi onlayn savdo kompaniyalari faoliyatini keltirish mumkin. Ular ochiq ma’lumotlarni taqdim etish orqali mijozlar fikr-mulohazasini o‘rganish va bu mulohazalardan faoliyatda keng foydalanishni o‘rganishmoqda. AQSh ning sog‘liqni saqlash tizimida faoliayt ko‘rsatuvchi Kaiser Permanente nodavlat-notijorat ilmiy-tadqiqot muassasasi ilk marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali yurak xurujiga olib keluvchi omillarga bag‘ishlangan yirik ma’lumotlarni e’lon qilgan va uning yordamida internet foydalanuvchilarning fikrlarini o‘rgangan. Natijada, nazariy ilm va amaliy hayot uyg‘unligida birmuncha oydinroq bo‘lgan tahliliy bilimni shakllantirishga erishilgan.

Shunday bo‘lsa ham, fuqarolar ochiq ma’lumotlarning faol iste’molchisi ekanligini inobatga olsak, hukumat eng yirik ma’lumot ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot, soliq to‘lovlariga daxldor shaxsiy ma’lumotlar, ishsizlar va bandlik haqidagi ma’lumotlar, demografiya hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ob-havo va tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishlariga oid ilmiy ma’lumotlarning barchasining egasi davlatdir. Ochiq ma’lumotlar fuqarolar va tadbirkorlar, jamoalarga imkoniyatlarini mustaqil ravishda kengaytirish, iste’molchilar huquqi va ish samaradorligini oshirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va yangi mahsulot, xizmatlar yuzasidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tasavvur qiling, avtobus yoki metro bekatidamiz. Vaqtimiz tig‘iz va trasport vositasining qachon kelishi biz uchun muhim. Telefonimizdagi Ochiq ma’lumotlar portali ilovasini ochamiz hamda transportning kelish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishamiz. Yoki uy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotganimizda mas’ul tashkilotlar tomonidan ishni nimadan boshlash va jarayonni oson va tez tugatishga oid infografikalarning taqdim etilishi bizning vaqtimiz va mablag‘imizning tejalishiga olib keladi.

Ochiq ma’lumotlarning yana bir qator foydali jihatlari bor. Misol uchun, mahsulotlar narx-navosi, ishlab chiqarish yo‘llari va joyi, davlat standartlariga javob berishi yoki mamlakat hududida ta’qiqlangan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar aholi uchun doimo foydali. Shuningdek, bemorlar uchun kasalxonalar ro‘yxati, bo‘sh o‘rinlar va boshqa tibbiy ma’lumotlarni taqdim etilishi fuqarolarga salomatliklariga daxldor masalalarni oson hal qilishlariga, iste’molchilar huquqlarini himoyalashga ko‘maklashadi. Ochiq ma’lumotlar tarmoqlarining geografik, ko‘chmas mulk va mahsulotlarning kundalik narxi, tarttibuzarlik va qonun buzilishlari bilan bog‘liq jarimalar, davlat yuojlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilishi ayni muddao.

2.jpg

Bugun internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar portallari, elektron resurslari va ilovalarini o‘zida jamlagan ochiq ma’lumotlar kataloglari ham mavjud bo‘lib, undagi ma’lumotlardan jahonning barcha mamlakatlari fuqarolari erkin foydalanishlari mumkin. xususan, 2011 yilda Berlin shahrida ishga tushirilgan yirik kataloglardan biri - DataCatalogs.org hukumatlar faoliyati bilan bog‘liq mahalliy, hududiy va milliy ma’lumotlarni, shuningdek Jahon banki va boshqa qator yirik tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

3.jpg

Eng yaxshi ochiq ma’lumotlar ilovalarini aniqlash borasidagi bahs-munozaralar hali-hanuz davom etmoqda. Ko‘pchilik jamiyatshunoslar fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, vaqt hamda iqtisodiy chiqimlarini kamaytiradigan portallarni eng yaxshi, deb hisoblasalar, mutaxassislarning bir qismi eng yaxshi ochiq ma’lumotlar portali hukumatning aholi ehtiyojlarini o‘rganuvchi vositasiga aylanishi, shuningdek ular asosan tadbirkorlarga xizmat qilishi zarurligini ta’kidlashmoqda. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, eng yaxshi ochiq ma’lumotlar portallari ma’lumotlarni boshqalar bilan oson o‘rtoqlashish imkoniyatlarini yaratishi, foydalanuvchi fikr-mulohazasini o‘rganish funksiyasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u yerga joylashtirilayotgan ma’lumotlar qayta ishlash imkonini beruvchi formatlarda bo‘lishi kerak.
Ochiq ma’lumotlar portallarida qanday ma’lumotlar shakllantirilishi kerakligi xususida har bir mamlakatning o‘z uslubi va fikri mavjud. Aksariyat mamlakatlarning bu kabi portallarida demografik, sog‘liqni saqlash, vazirlik va idoralar, kompaniyalar xizmatlari, ta’lim, transport va kommunikatsiya, sud-huquq tizimi, atrof-muhit, kommunal xizmatlar va yonilg‘i narx-navolariga oid ma’lumotlar muntazam yangilanib boriladi. Ammo, Birlashgan millatlar tashkilotining mezonlariga muvofiq, Ochiq ma’lumotlar portalida quyidagi ma’lumotlar tarmoqlari shakllantirilishi maqsadga muvofiq.

4.jpg

Ochiq ma’lumotlar bazalarini yaratish va tadqiq qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan McKinsey xalqaro institutida olib borilgan ilmiy izlanishlar rivojlangan mamlakatlar hukumatlarining faqatgina 7 ta davlat sektoriga oid ochiq ma’lumotlarni aholiga bepul va qulay yo‘llarda taqdim qilishi bir yilda davlat byudjetining o‘rta hisobdagi 3-5 trillion AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ini tejab qolinishini ko‘rsatmoqda. Xususan, birgina ta’lim sohasiga oid ma’lumotlar bilan aholini boxabar qilish o‘rtacha 1 mlrd. miqdorida foyda keltirar ekan. Yoki transport tizimiga oid ochiq ma’lumotlar tarmoqlarining shakllantirilishi 700-900 mlrdyu AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni tejab qolishga olib kelishi aniqlangan.

Ochiq ma’lumotlarni taqdim etish orqali tejab qolish mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdori sohalar kesimida mlrd. $ (rivojlangan mamlakatlar misolida)

OpenData.jpg

Rivojlanish vositasi sifatida ochiq ma’lumotlardan foydalanish ortida juda katta salohiyat yotadi. Ochiq ma’lumotlar mamlakatning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki har tomonlama taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan, jamiyatni raqamlashtirish va mamlakatlarda axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi, ijtimoiy hodisa sifatida, avvalo aholi manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, ochiq ma’lumotlar portallari raqamli platformaga ko‘chayotgan demokratik an’analarning yangicha qiyofasi, hukumat va aholi o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha shaklidir.
Shuhrat SATTOROV,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati
Поделиться

31591 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa