Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
Yangiliklar » Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish
31.01.2017

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, Yagona portalda “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish” yangi xizmat ishga tushirildi.

Xizmatdan yuridik shaxs sifatida malakali attestatga ega va shu sohada ta’lim olganbojxona ro‘yxatdan o‘tkazish mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Arizachi bojxona yuk deklaratsiyasini (BYuD) yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllari maxsus ariza shaklini to‘ldirishlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015 yil 20 iyuldagi 197-son qaroriga binoan kerakli hujjatlarni ilova qilishlari lozim.

Xizmat natijasi bo‘lib, BYuDning ro‘yxat raqami va identifikatsiya kodini olish hisoblanadi. BQT rasmiylashtirilayotgan tegishli BYuD ro‘yxat raqami bilan birgalikda yuboriladi.

BYuD ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, 3 kun mobaynida BYuD royxatdan o‘tgan kundan boshlab bojxona ko‘rigi va tekshiruvi amalga oshiriladi. Ijobiy tekshiruv holatida BYuD ro‘yxatdan o‘tkaziladi, so‘ng darhol arizachni xabardor qilinadi.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portaldagi xabarlarni kuzatib boring!

Поделиться

39756 marta ko`rilgan

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa