Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Manzil:


110100, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, А.Temur ko`chаsi, 53; 100090, Toshkent shahri, Bobur ko’chasi 15. +99870 140-0418

Telefon: +99871 141-9009
Faks +99871 141-9033
Veb sayt: www.agmk.uz
E-mail info@agmk.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail

"Uch-Quloch" koni

Jizzax viloyati, Forish tumani, "Xoji Band posyolkasi.

(8372) 452-40-61

info@agmk.uz

"Chadak" Konboshqarmasi

Namangan viloyati, Pop tumani, "Oltin kon" posyolkasi

+99893 182-94-05

info@agmk.uz

"Xandiza" Kon boshqarmasi Surxandarya viloyati, Sariosiyo tumani, "Kenguzar" posyolkasi +99893 182-05-15

info@agmk.uz

Angren Kon boshqarmasi Tashkent viloyati, Angren shahri "Geologlar" posyolkasi +99893 182-94-24

info@agmk.uz

Angren quvur zavodi Toshkent viloyati, Angren shahri (+99893) 183-85-85 info@agmk.uz
Jizax Sement zavodi Jizzaxviloyati, Zafarobodtumani, Chimqo’rg’onqishlog’i (+99893) 182-17-08 info@agmk.uz
Sherobod sement zavodi Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Vandob qishlog’i (+998 99) 424-68-38 info@agmk.uz
Funksiyalar Vazifalar


“Olmaliq KMK” AJ oʻz faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:



  • Kon va metallurgiya ishlab chiqarishi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

  • Eksportga mahsulotlar sotish va yetkazib berish bozorlarini kengaytirish, buyurtmalar portfelining shakllantirishini va mahsulotning kafolatlangan sotilishini taʼminlash;

  • Investitsiyalarni keng joriy qilish, ilgʻor chet el firmalari va kompaniyalari bilan birga zamonaviy texnologiyalar negizida va yangi raqobatli afzalliklarni taʼminlaydigan qoʻshma ishlab chiqarishlar va korxonalar tashkil qilish;

  • Jamiyat tarkibiga kiradigan barcha tarkibiy boʻlinmalarning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Ilmiy-texnika siyosati ishlab chiqish va amalga oshirish, texnika va texnologiyalarning yangi progressiv turlarini joriy qilish;

  • Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yanada yuqori darajada qayta ishlanadigan va qoʻshimcha qiymatli mahsulotlarni oʻzlashtirish;

  • Tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish asosida olib kelinayotgan import mahsulotlarining nomenklaturasini qisqartirish;

  • Asosiy ishlab chiqarishni lokalizasiyalashni chuqurlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishdagi import qismlarni kamaytirish;

  • Jamiyatning asosiy faoliyati rangli, qimmatbaho, noyob va boshqa metall rudalarini qazib chiqarish va boyitish boʻyicha ishlab - chiqarishni tashkil qilish, tozalangan mis, rux metalli, qimmatbaho va noyob metallar va ularning qotishmalarini, oltingugurt kislotasi, boshqa turdosh oraliq mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.



“Olmaliq KMK” AJfaoliyatining sohasiga yana quyidagilar kiradi:



  • Tarkibida rangli va qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash;

  • Butun respublika hududi boʻylab rangli metallar va ularga turdosh foydali qazilmalarning geologik qidiruv ishlarini oʻtkazish, qimmatbaho metall konlarini qidiruvgacha boʻlgan ishlari va foydalanishga doir qidiruv;

  • Oʻzbekiston Respublikasi korxonalaridan kelib tushayotgan, shuningdek, tolling shartlarida kelib tushayotgan xom-ashyoni qayta ishlash;

  • Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-izlanish, geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish;

  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini, qoʻriqlash - yongʻindan avtomatik tarzda xabar berish va telekuzatuv tizimlarini, maʼlumotlar berish tarmoqlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;

  • Kislorod, azot, argon, karbonat kislota va propan ballonlarini taʼmirlash va texnik koʻrib chiqish;

  • Yuk va yoʻlovchilarni avtotransportda va temir yoʻlda tashish;

  • Portlovchi moddalar va portlaydigan vositalarni ishlab chiqish, ishlab-chiqarish, yetkazib berish;

  • Portlatish ishlarini olib borish;

  • Qurilish materiallari, konstruksiyalari va mahsulotlari, jumladan qurilish va oq (portland) sement ishlab chiqarish;

  • Turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish;

  • Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga moʻljallangan materiallar, tovarlar va mahsulotlarni saqlash, omborxonalarga joylash sohasidagi xizmatlarni koʻrsatish;

  • Umumiy ovqatlanish shahobchalarini tashkil qilish;

  • Yordamchi qishloq xoʻjaliklarini, shirkatlarni rivojlantirish, jamoaviy bogʻdorchilik, polizchilik, oʻrtoqchiliklarni rivojlantirishga koʻmaklashish;

  • Aloqa, telefonlashtirish, televideniye, shuningdek, lokal kompyuter tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish;

  • Taʼmirlash-qurilish, qurilish, qurilish-montaj, avariyaga oid ishlarini, yongʻin va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash ishlarini olib borish, jumladan, radioizotop jihozlarni montaj qilish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish;

  • Togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida maxsus texnologik liniyalar va asbob-uskunalarni, metall konstruksiyalar, nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatlarini montaj qilish va sozlash ishga tushirish, sanitariya-texnik, elektromontaj, izolyatsiya va kimyoviy himoya ishlarini bajarish, ishlab chiqarish obyektlari, transport va muhandislik infratuzilmalarini qurish;

  • Togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida tasdiqlangan dasturlar, shuningdek, hududiy rivojlanish dasturlari doirasida “Toʻliq tugatib topshirish” usulida qurilish, montaj va maxsus ishlarning barcha majmuini amalga oshirish;

  • Xalq isteʼmoli mahsulotlari, shuningdek, tikuv mahsulotlari va shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish;

  • Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga moʻljallangan turli xildagi mahsulotlarni, jumladan, quymalardan nostandart asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;

  • Keng assortimentli tovarlarning ulgurji va chakana savdosini amalga oshirish, oʻzining ulgurji, tijorat, oziq-ovqat, universal doʻkonlari va supermarketlari tizimini tashkil qilish;

  • Aholiga barcha turdagi maishiy xizmatlarni koʻrsatish;

  • Reklama faoliyati, mijozlar buyurtmasiga asosan reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • Lizing va ijara;

  • Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish;

  • Kon kapital ishlarini amalga oshirish;

  • Uy-joy kommunal va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish;

  • Qishloq xoʻjalik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish;

  • Ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarni, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari, oziq-ovqat mahsulotlarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqarish va sotish;

  • Televideniye va bosma nashrlar orqali aholini korxona, shahar, viloyat, respublikaning koʻproq ahamiyatga ega boʻlgan voqealari haqida xabardor etish;

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

  • Dam olish uylari va maskanlari, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, maktabgacha taʼlim, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, madaniy va dam olish bogʻlari, attraksionlar va aholiga ijtimoiy va madaniy xizmat koʻrsatadigan boshqa muassasalar ishini tashkil etish;

  • Texnika, texnologiya va boshqa sohalardagi “now-howlarni mamlakat ichkarisida va chet ellarda sotish va sotib olish;

  • Respublika hududida va chet ellarda koʻrgazma, kim oshdi savdolari va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarni tashkil etish va ularda qatnashish;

  • Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya faoliyati;

  • Korxona mablagʻlari hisobidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shartnoma asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

  • Nodir metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliy tadqiqotlar va yangi ishlanmalarni olib borish, nodir metallardan, yarim mahsulotlardan, qotishmalardan va boshqa yuqori texnologik mahsulotlardan foydalanish boʻyicha zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni faol oʻrganish va tadbiq etish.

  • Berilgan kimyoviy va fazaviy tarkibli sof metallar, qotishmalar va kompozitsion kukunlar olish orqali nodir metallarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va sanoat asosida oʻzlashtirish.

  • Volfram, molibdenni ishlab chiqarish, nodir metallarga chuqur qayta ishlov berish va ulardan ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan buyumlar, qattiq qotishmali asboblar, kimyoviy katalizatorlar, kompozit materiallar va yuqori qoʻshilgan qiymatli boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.

  • Tashqi bozorlarda yuqori talabga ega boʻlgan sanoat yarim mahsulotlarni va buyumlarini ishlab chiqargan holda, nodir metallarni chuqur qayta ishlashini, shuningdek respublikaning boshqa korxonalaridan olinadigan nodir metallar yarim mahsulotlarini qayta ishlashini taʼminlash.

  • Turli diametrdagi mis quvurlarini ishlab chiqarish va ularni sotish.

  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan taʼqiqlanmagan va ushbu Ustavda nazarda tutilgan asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va maqsadlariga mos keladigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish.


“Olmaliq KMK” AJfaoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:



  • Mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish, rangli va nodir metallar rudalari yangi konlarini oʻzlashtirish sohasida togʻ-kon sanoatini yuritish, foydali qazilmalarni olish va ularni kelgusi qayta ishlashni tashkillashtirishning zamonaviy usullari tatbiq etilishini taʼminlashga, rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

  • Ishlab chiqarishning yuqori barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlarining eksport hajmlarini oshirish maqsadida, shu jumladan mahsulotlar sotiladigan yangi bozorlarni oʻzlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish hisobiga tarkibiy islohotlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish;

  • Yangi yuqori texnologik korxonalar qurilishi va ishga tushirilishini, yangi ish oʻrinlari yaratilishini, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari samaradorligi va shaffofligini kuchaytirishga qaratilgan loyihaviy boshqaruvning zamonaviy usullari tatbiq etilishini nazarda tutadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalarining barqaror jalb etilishini taʼminlaydigan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • Ayrim turdagi mahsulotlar va xizmatlar importini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import oʻrnini bosish va ichki bozorni kerakli mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan taʼminlash jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ustuvor foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga tatbiq etishda ishtirok qilish;

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, ushbu asosda boshqaruv samaradorligi oshirilishini, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi kamaytirilishini, uning raqobatbardoshligi, shuningdek kombinat moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligi kuchaytirilishini taʼminlash;

  • Kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, texnik-muhandislar va boshqaruv kadrlar malakalarini oshirish, kooperatsiyani oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim va ilmiy muassasalar bilan kuchaytirish orqali ularning qayta tayyorlanishini tashkillashtirish, qattiq raqobatchilik sharoitlarida tarmoqning samarali faoliyat yuritishini taʼminlay oladigan yosh va isteʼdodli mutaxassislarni jalb etish.

F.I.Sh. Lavozim Telefon Hafta kunlari Vaqt

Xursanov Abdullo Xalmuradovich

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi

(+99871) 141-90-60

Dushanba

15:00 da

Maksumov Furqat Boqievich

Bosh muhandis – boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari

(+99871) 141-90-55 Seshanba 16:00 da

Xodjimuradov Ibragim Shavkatovich

Xafsizlik bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbosari

(+99871) 141-90-24

Payshanba

16:00 da

Xamidova Feruza Rustamovna

Iqtisodiy va moliya masalalar bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbosari

(+99871) 141-90-55

Chorshanba

16:00 da

-

Istiqbolli rivojlantirish va investisiyalar bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

Juma 16:00 da
Malik Kayrat Kamilovich Xarid bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari (+99870) 619-51-08 Seshanba 16:00 da

Xaydarov Abdirashid Djaynakovich

Xodimlar bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbosari

(+99871) 141-93-20

Dushanba 15:00 da

Fayazov Ulug`bek Nabijonovich

Ijtimoiy masalalar bo’yicha boshqaruv raisining o’rinbosari (+99870) 619-57-22 Juma 15:00 da
- "Olmaliq KMK" AJ Toshkent shahridagi Vakolatxonasi rahbari (+99870) 140-04-17 Ish kunlari 9:00 dan 17.00 gacha
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa